Zinedin Zidan: Ronaldu YCHLda o'zining 100-golini urishiga ishonaman

Narzulla Saydullayev
11 sen 2016, 10:20
Real ustozi Zinedin Zidan Osasunaga qarshi o'yindan so'ng (5:2) o'z fikrlarini bildirdi.

Modrich muxlislar olqishiga haqli edi, Benzema esa Morataning ortida yaxshi o'ynadi. Chorshanba kuni Sporting bilan o'yinga u ko'proq tayyor bo'ladi.

Morata o'yinda to'liq o'ynadi. U to'p bilan bo'lganida kutilmagan qarorlarni kutish mumkin.

Ronalduni almashtirish? U bilan hech nimani muhokama qilmadim. Uning o'yini menga yoqdi, barcha o'yinlarda 90 daqiqa o'ynashini istayman. Biz 21 kun ichida 7ta o'yin o'tkazishimiz kerak.

Umid qilamanki Ronaldu bu mavsumda ko'plab gollar uradi. YCHLda 100-golini urishiga ishonaman. (Ayni paytda uning hisobida 93ta gol bor), – deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com