Zidan Realda qancha maosh olishi ma'lum

13 mar 2019, 20:56
“Real” bosh murabbiyligiga qaytgan Zinedin Zidanning shartnomasidagi moliyaviy bandlari oshkor etildi.

46 yoshli mutaxassis klubda yiliga 12 millioen evro ishlab topadi. Shuningdek, shartnomada bir qator bonuslar ham ko'zda tutilgan. Uning maoshi 2022 yilga qadar bosqichma-bosqich o'sib boradi.

Zidan Madrid klubini o'tgan yili yozda tark etgandi. O'shanda uning maoshi yiliga 7,5 million evroni tashkil etgandi. 2016 yilda u bosh murabbiy etib tayinlanganida yiliga 2,5 million evrolik maoshga ega edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Confidential