Zidan "Real"da Cherishev va yana to'rt futbolchidan ko'proq maosh oladi
Aslanov Jasurbek
6 yanv 2016, 15:09
"Real" yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoadagi ko'pchilik futbolchilardan kam maosh oladi.
Zidanning yillik maoshi 2,5 mln. evroni tashkil etadi. Denis Cherishev, Lukas Vaskes, Nacho, Xese Rodriges va Kiko Kasilya murabbiydan kamroq maosh oladi. Qayd etilgan futbolchilar "Qirollik klubi" tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.