Zidan Pogba haqida: “Kimlar kelishini mavsum oxirida ko'ramiz”

Eldor Akmurzayev
10 okt 2020
Avvalroq, “Manchester Yunayted” xavbeki Pol Pogba “Real”da o'ynash har bir futbolchining orzusiligini aytgandi.

“Pol yaxshi o'yinchi deb aytganman, ammo boshqa futbolchilar haqida ham shunday deyishim mumkin. Pogba “Yunayted”da o'ynamoqda va undan keyin nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Mavsum so'nggida esa klubimizga qaysi futbolchilar kelishi va kyetishini bilib olamiz”, deydi Zidan.

Eslatib o'tamiz, Pogbaning MYU bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozida yakunlanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mirror