Zidan: "Nacho himoyaning barcha joyida bir xil o'ynay oladi"

Aslanov Jasurbek
3 may 2017, 15:18
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa himoyachisi Xose Ignasio Nacho o'yinidan xursand bo'lganini aytdi.

Futbolchi "Atletiko"ga qarshi bahsda jarohat olgan Daniel Karvaxal o'rniga ikkinchi bo'limda maydonga tushdi.

"Nachoga yuqori baho qo'yaman. U himoyaning har qanday zonasida yaxshi o'ynay oladi. U qanotlarda, markazda o'ynashi mumkin. Meni uning har bir vaziyatdagi e'tibori xursand qilmoqda" - deydi Zidan.

Poytaxt jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvi 10 may kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca