Zidan Azarning qachon safga qaytishini aytdi

23 sen 2020, 09:39
Zinedin Zidan Eden Azarning ahvoli haqida ma'lumot berdi.

“Azar o'zini yaxshi his qilmoqda. U umumiy guruhda shug'ullanyapti. Albatta, biz uning asosiy tarkibga qaytishini xohlaymiz. Ammo shunga qaramay tavakkal qilmaymiz. Azar maydonga 100 foiz emas, balki 120 foiz tayyor bo'lganda qaytadi”, - deydi Zidan.

“Real” navbatdagi uchrashuvni 26 sentyabrda “Betis”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As.com