Zidan "Atalanta" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng qanday fikrda?

Aziz Tukhtamuradov
25 fev 2021, 07:12
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Atalanta"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin qiyin o'tdi, ammo yakuniy natija ijobiy bo'ldi va bu eng muhimi. Biz gol ura oldik, biroq oldinda javob o'yini bor. O'sha o'yinda ham g'alaba qozonishimiz lozim. 

11 futbolchi bilan 10 kishiga qarshi o'yinimiz yaxshi chiqqani yo'q, bizga jismonan kuchli jamoa qarshilik ko'rsatdi. Himoyada ular yaxshi o'ynashdi, shuning uchun natijani biz uchun ham yaxshi deya olaman. 

Biz to'p kiritdik va o'tkazib yubormadik. Yo'qotishlarimiz ko'p, ammo o'z ishimizni bajarishda davom etamiz. Himoyada yaxshi harakat qilyapmiz. Gol o'tkazib yubormadik va to'p kiritdik. 

Chetlatish? Bu qay darajada keskin qaror ekanligini bilmayman. Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish eta olmadik, ammo asosiysi - g'alaba. Javob o'yini ham borligini hisobga olsak, gol urishimiz mumkin edi", - dedi Zidan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA