Jo Xart: Mavsumni g'alaba bilan yakunlash muhim edi

25 may 2015, 08:34
Manchester Siti darvozaboni Jo Xart yakunlangan mavsum xususida gapirib o'tdi.

Biz uchun mavsumni g'alaba bilan yakunlash muhim edi. Lempard juda yuqori darajadagi futbolchi. Uning ketishi APL uchun katta yo'qotish bo'ladi. Keyingi mavsumni intizorlik bilan kutmoqdaman. Biz chempionlik uchun kurash olib boramiz.

"Oltin qo'lqop"ni olganimdan xursandman. Lekin bu sovrin Forsterga nasib etishi mumkin edi. Biroq u jarohat olib qoldi. Omadsiz mavsumdagi shaxsiy yutug'im bo'ldi bu sovrin.

Manba: sports.ru