Jerom Boateng: Kroos ideal futbolchi

14 noya 2014, 22:33
Boateng o'zining "Bavariya"dagi sobiq jamoadoshi Toni Kroos haqida gapirib o'tdi.
Texnik jihatdan olib qaraganda, Toni Kroos deyarli ideal futbolchi. U shuningdek, chap oyog'i bilan ham, o'ng oyog'i bilan ham birdek kuchli zarba bera oladi. Buni Jahon chempionatida ko'p bora ko'rdik. 
Toni yildan-yilga kuchayib bormoqda. Uning o'yin darajasini bir xil tempda ushlab tura olishini alohida ta'kidlab o'tish lozim. U ayni paytda dunyoning eng kuchli jamoalarining birida to'p surmoqda.

Manba: bild.de