Jerom Boateng: "Barcha masalani birinchi bo'limda hal etishimiz mumkin edi"
1 dek 2014, 23:55
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng "Gerta" bilan bo'lgan bellao'uvda g'alabaga qiyinchilik bilan erishishganini ta'kidlab o'tdi.
"Gerta"ga qarshi o'yin oson bo'lgani yo'q. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng biroz bo'shashib qoldik. Birinchi bo'limda yana ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik. Ammo ulardan unumli foydalana olmadik.