
"Visente Kalderon"daga hamma o'yin qiyin kechadi. Fikrimcha yomon natija qayd etmadik. Bu hisobdan qoniqish hosil qildik, desam ham bo'ladi. Chunki "Atletiko" juda kuchli jamoa".
"Yomon o'yin ko'rsatdik deb aytmagan bo'lardim. To'pni o'zimizda ushlab turdik. Raqib qarshi hujumlar uyushtirishiga yo'l qo'ymadik. "Atletiko"ga o'xshagan jamoalarga qarshi o'yinda golli vaziyatlar yaratish qiyin ish. Ayniqsa ular shunday yaxshi formada ekanliklarida".
"Barsa" har doim g'alaba uchun o'ynashi shart. Ammo o'yin qanday kechganini hisobga olib, shunday hisob qayd etilgani ham yaxshi bo'ldi biz uchun, desam bo'ladi".
"Real" esa chempionlik uchun ohirigacha kurashadi. Mavsum hali uzoq davom etadi. Oldinda ko'plab o'yinlar kutib turibdi.