JCH-2014. "Oltin to'p" Messiga, "Oltin qo'lqop" Noyerga

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2014, 03:03
2014 yilgi Jahon chempionatining shaxsiy sovrinlari o'z egalarini topdi.
Unga ko'ra mundialning eng yaxshi darvozaboniga beriladigan "Oltin qo'lqop" Germaniya terma jamoasi posboni Manuel Noyerga topshirildi.



JCH-2014ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Lionel Messiga "Oltin to'p" taqdim etildi.

Musobaqa davomida 6ta gol urgan kolumbiyalik Xames Rodriges Jahon chempionati to'purari bo'ldi va "Oltin butsa"ga ega bo'ldi.



Mundialning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini fransiyalik Pol Pogbaga nasib etdi.

"Feyr Pley" sovrini Kolumbiya terma jamoasiga nasib etdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia