JCH-2013 (U-17). Bilasizmi? Eng ko'p legioner Marokash termasida

Narzulla Saydullayev
17 okt 2013, 16:35
O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida Marokash termasi biz bilan bir guruhdan joy olgan.
Dilshod Nuraliev shogirdlari bu raqib bilan 2-turda o'ynashadi. Raqamlar shuni ko'rsatyaptiki, kichik mundialda qatnashayotgan barcha 24ta jamoa ichida eng ko'p legionerga ega jamoa aynan Marokash ekan. Yani, FIFAga topshirgan ro'yxatiga asosan marokashlik o'smirlarning 14 nafari mamlakat tashqarisida to'p suradi.

Ushbu jamoa safida “Bryugge” (Belgiya), “Borussiya D” (Germaniya), “Bayer” (Germaniya), “Standard” (Belgiya), “Utrext” (Gollandiya), “Gengam” (Fransiya), “Yuventus” (Italiya), PSV (Gollandiya) kabi klublarda o'ynayotgan futbolchilar bor. Ularning aslida kimligini albatta biz bilan kechadigan bahsda bilib olamiz.

X.Xoliqov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia