JCH-2013 ishtirokchisi Abdullaev mavsumni “Dinamo”da davom ettiradi

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2013, 16:49
"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi, Turkiyada bo'lib o'tgan jahon chempionati ishtirokchisi Azamat Abdullaev ikkinchi davrani "Dinamo" safida o'tkazadi.
U bilan birga Farrux Shotursunov ham Samarqandga ko'chib o'tdi. Bu ikki futbolchi mavsum boshida Ravshan Akmalovich tomonidan "Qizilqum"ga ijaraga olingan edi. 1992 yilda tavvallud topgan Farrux Shotursunov 1-davrada “Buxoro” va “Lokomotiv” jamoalari darvozasini ishg'ol qilgan edi. Abdullaev esa yoshlar terma jamoasi yig'inlarida bo'lganligi uchun, aksar o'yinlarda ishtirok eta olmagandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia