Jasur Hasanov kubok finalida o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
31 okt 2014, 15:21
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Jasur Hasanov oliy liganing 24-turidan o'rin olgan "Dinamo"ga qarshi bahsda qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.
PFL tartib-intizom qo'mitasi ushbu holatni ko'rib chiqib Hasanovni ikki o'yinga diskvalifikaciya qildi. Bundan tashqari futbolchi 500 000 so'm jarima ham to'laydi. Bu haqda "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati saytimizga ma'lum qildi.

Demak, Jasur Hasanov 25 va 26-turdan o'rin olgan bahslarni o'tkazib yuboradi. 12 noyabr kungi O'zbekiston kubogi finalida esa maydonga tusha oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia