Iordaniya terma jamoasi bilan o'tkaziladigan uchrashuvlar bizning Janubiy Amerika mintaqasi vakiliga qarshi o'ynash-o'ynamasligmizni ko'rsatib beradi. 6 sentyabr kuni tomonlar Ammanda to'qnash kelishsa, oradan to'rt kun o'tib Toshkentda javob bahsi tashkil etiladi. Bahslar arafasida raqib to'g'risida turli ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz.
IORDANIYA FUTBOL ASSOTSIATSIYASI
Tashkil etilgan yili: 1949
FIFA a'zosi: 1956
Rasmiy veb sayti: www.jfa.com.jo
Prezidenti: Shahzoda Ali Bin Al Hussayn
Futbol bilan shug'ullanuvchilar soni: 121191
Ro'yxatdan o'tgan futbolchilar soni: 4941
Klublari soni: 102
Futbol rasmiylari soni: 6231
Iordaniya futbol assotsiatsiyasi 1949 yilda tashkil etilgan va 1956 yildan FIFA a'zosi hisoblanadi. Bu mamlakat futbol tarixidagi eng katta natija hozircha Osiyo Kubogida ikki marta chorak finalga yetib kelingani bo'lgan. Ushbu musobaqada iordanliyaliklar o'sha ikki safar qatnashganlar xolos. Jahon chempionati saralash bosqichlaridagi eng yaxshi ko'rsatkich ushbu saralash bahslarida kuzatilib turibdi. Iordaniyada futbol asosan 1990-yillarning o'rtalaridan rivojlana boshladi. Lekin hozirgacha ham milliy terma jamoa qita grandlari qatoriga qo'shilgani yo'q. Mamlakatda jami 102 futbol klubi faoliyat yuritadi. Professional futbolchilar soni esa 5 ming nafarga yaqin.
Mamlakatda uchta liga mavjud. Yuqori ligada 12 jamoa kurash olib boradi. U 1944 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Birinchi ligada 14, ikkinchi ligada esa 18 jamoa ishtirok etadi. Iordaniyaning eng mashhur jamoalari sifatida “Al Vihdat”, “Al Faysali” va “Shabab Ordun”ni etirof etish mumkin. “Vihdat” kelib chiqishi Falastinga taqalgan iordaniyaliklar tomonidan tashkil etilgan jamoa bo'lgani sababli “Faysali” bilan keskin raqobatga ega. Jamoalar milliy chempionatdan tashqari ikki kubokda g'oliblik uchun kurashishadi. Klublari OFK Kubogida uch marta g'alaba qozongan. Bu borada Iordaniya Osiyoda eng yaxshi natijaga ega. Futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Iordaniya klublarining OCHLda ishtirok etishlariga harakat qilmoqda.
IORDANIYA MILLIY TERMA JAMOASI
Laqabi: “Al Nashama”
Bosh murabbiyi: Hussam Hassan (Misr)
Sardori: Amir Dib
Stadioni: “Qirol Abdulloh”
FIFA reytingidagi o'rni: 71
Eng yuqori o'rni: 37 (2004, avgust)
Eng quyi o'rni: 152 (1996, iyul)
Birinchi rasmiy o'yini: Suriya – 3:1 (Misr, 1953 yil 1 avgust)
Eng yirik g'alabasi: Nepal – 9:0 (Amman, 2011 yil 23 iyul)
Eng yirik mag'lubiyati: Yaponiya – 0:6 (Saytama, 2012 yil 8 iyun)
Osiyo Kubogida ikki marta ishtirok etib, har ikkisida chorak finalga chiqqan.
Milliy terma jamoa ilk xalqaro uchrashuvini 1953 yilda o'tkazgan. Katta muvaffaqiyatlarga erishish nasib etmagani haqida yozib o'tdik. Oxirgi paytlardagi ijobiy natijalar tufayli FIFA reytingida 71-pog'onaga ko'tarildi. Iordaniya uy o'yinlarini Ammanda joylashgan “Qirol Abdulloh” stadionida o'tkazadi. Stadion 20 ming tomoshabinga mo'ljallangan. Bu yerda “Al Vihdat” klubi uy o'yinlarida maydonga tushadi. Jamoa asosan ichki chempionatda qatnashayotgan futbolchilardan iborat. O'yinchilar ko'proq yaqin arab birinchiliklarida ishtirok etishadi.
IORDANIYA QIROLLIGI
To'liq nomi: Al Mamlaka al Urduniya al Hashimiya
Poytaxti: Amman
Hududi: 92300 kv.km.
Aholisi: 6,5 mlndan ortiq
Pul birligi: dinor
Rasmiy tili: arab
To'rtinchi saralash bosqichida Iordaniya terma jamoasi Yaponiya, Avstraliya, Ummon va Iroq bilan bir guruhda ishtirok etib, 10 ochko to'pladi. Bu ochkolarning barchasi uydagi o'yinlarda ko'lga kiritildi. Iroq bilan durangga erishgan “Nashama” keyinchalik Avstraliya, Yaponiya va Ummonni mag'lubiyatga uchratdi. Safarda esa 4 bahsda mag'lubiyatga uchradi. Demak, safardagi bahsda Iordaniyaning jiddiy qarshiligini kutish mumkin. Ushbu bosqichdan keyin iroqlik mutaxassis Adnan Hamad iste'foga chiqib, uning o'rnini Hussam Hassan egalladi. Misrlik murabbiy boshchiligida jamoa o'yinlarga jiddiy tayyorgarlikka kirishdi.
Hassan Iordaniya Kubogining har bir tur o'yinidan keyin terma jamoaga a'zo futbolchilarni yig'ib, 2 kunlik mashg'ulotlar o'tkazdi. Shu orqali o'yinchilar haqida ko'proq taassurotga ega bo'lib, o'zaro tushunish darajasini oshirishga intildi.
Milliy terma jamoa tarkibida mahalliy klublarda o'ynovchi futbolchilardan tashqari Saudiya Arabistoni, Quvayt va Ruminiya klublaridan taklif etilgan o'yinchilar ham mavjud. Amir Shafia, Anas Yosin, Bosim Fatxi, Said Murjan, Amir Dib, Oday Saifi, Ahmad Hael, Hassan Abdulfattoh singari futbolchilar terma jamoa yetakchilari sanaladi. Iordaniya asosan jamoaviy o'yinga asoslangan futbol namoyish qiladi. Hujumkor o'yinchilar turli kombinaciyalarni amalga oshirish paytida juda tez harakat qilishadi. Lekin jamoa to'psiz qolgan mahalda unchalik yaxshi harakatlanmaydi.
Iordaniya terma jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar: Amir Shafia, Luay Amare, Ahmad Abdulsattor
Himoyachilar: Muhammad Mustafo, Bosim Fatxi, Ibrohim Zavahra, Anas Bani Yosin, Muhammad Dmeyri, Oday Zahran.
Yarim himoyachilar: Ahmad Samir, Muhammad Xair, Baho Abdulrahmon, Said Murjan, Amir Dib, Adnan Adus, Raed Navatir, Mussab Al Laham, Shadi Abu Hashhash, Hassan Abdulfattoh, Yosin Baxit,
Hujumchilar: Oday Saifi, Ahmad Hael, Abdulloh Dib, Tayir Bavab.
Bugun Iordaniya terma jamoasi murabbiylar shtabi va bu yil o'tkazgan o'yinlari bilan tanishtiramiz.
Behzod Nazarov tayyorladi