"Zenit" "Atletiko" yarim himoyachisini xarid qilmoqchi

Alisher
7 noya 2020, 13:48
Peterburgning "Zenit" klubi qishki transferlar oynasida tarkibini kuchaytirmoqchi.

Rossiya klubi Madridning "Atletiko" klubi xavbeki Ektor Errera bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

30 yoshli meksikalik futbolchi jamoaga "Valensiya"dan Joffre Kondogbia kelishi ortidan klubdan ketishi mumkin.

Madridliklar o'yinchini 5-8 million evroga sotishmoqchi. Errera o'tgan yili "Portu"dan "Atletiko"ga erkin agent maqomida o'tgandi. Futbolchi joriy mavsum 4ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo