Zanetti 8 oydan so'ng yana maydonga qaytdi

Narzulla Saydullayev
10 noya 2013, 09:57
Inter himoyachisi Xaver Zanetti Italiya A seriyasining 12-turidan o'rin olgan Livornoga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi (2:0).
82-daqiqada 40 yoshli argentinalik futbolchi Safir Taiderni o'rniga maydonga tushdi, faxriy futbolchi maydonga tushayotganda San-Siroga yig'ilganlar uni qarsaklar bilan kutib olishdi.

Shu tariqa, Zanetti 8 oylik tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytdi. Aprel oyida Zanetti og'ir jarohat olgandi.

Eslatib o'tamiz, Zanetti Interda 1995 yildan buyon faoliyat olib bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru