"Yuventus" "Real" bilan Kante uchun kurashadi

Alisher
2 apr 2021, 18:47
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante yozgi transfer oynasida klubdan ketishi mumkin.

29 yoshli fransiyalik futbolchi uchun Madridning "Real" va Turinning "Yuventus" klublari da'vogarlik qilmoqda.

Turin klubi ispanlarning Kante bilan muzokaralarga jiddiy e'tibor qaratishmasligiga umid qilmoqda, sababi "qirollik klubi"da boshqa bir tayanch yarim himoyachi bor - Kazemiro.

Ehtimoliy transfer narxi 50 million evroni tashkil etishi mumkin.

Kante joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Spanish Sport