"Yuventus" muxlislari "Milan"ga qarshi o'yindan oldin boykot e'lon qilishlari mumkin

Mirjalol Normatov
16 okt 2018, 21:33
"Yuventus" muxlislari A Seriyaning 12-turi doirasidagi "Milan"ga qarshi o'yin uchun boykot e'lon qilishlari mumkin.

Ushbu uchrashuv 11 noyabr kuni "San Siro"da o'tkaziladi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, chiptalarning narxi balandligi sababli, turinliklar uchrashuvga bormasligi mumkin.

Mehmon jamoa uchun ajratilgan sektorning bir chiptasi narxi 75 evroni tashkil qiladi.

A Seriyaning 8 turidan keyin "Yuventus" birinchi, "Milan" esa o'ninchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia