"Yuventus" "Lacio" yarim himoyachisini xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2024
"Yuventus" tarkibni "Lacio" a'zosi Matteo Genduzi bilan boyitishni rejalashtirmoqda.

Turinliklar bu o'yinchini Tyon Kopmeynersga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda. "Atalanta" uni kamida 60 million evroga baholagan.

Rimliklar avvalroq uning huquqlarini "Marsel"dan 13 + 5 million evro evaziga sotib olishgandi. Futbolchi Igor Tudor bilan umumiy til topa olmasa, klub uni 30 million evroga sotishga rozi.

"Byankoneri" ustozi Tiago Motta va sport direktori Kristiano Juntoli Genduzini "Yuventus"da ko'rishni xohlaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport