"Yuventus" Kevin de Bryuynega qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2013, 18:21
Chelsi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne yanvar oyida nafaqat London klubini, balki Premer-ligani ham tark etishi mumkin.
Football Italia nashrining xabariga ko'ra 22 yoshli futbolchiga Andrea Pirlo bilan shartnomani uzaytira olmayotgan Yuventus qiziqmoqda.

De Bryuyne 6 million funt sterlingga baholanmoqda. Futbolchiga Volfsburg va Verder klublari ham qiziqmoqda.

Sentyabr oyida Chelsi ustozi Joze Mourinyo de Bryuyneni jamoaning yoshlar jamoasiga o'tkazib, buni hali asosiy tarkibda o'ynashga tayyor emas deb izohlagandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru