"Yuventus" himoyachisi "Roma"ga o'tishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
24 noya 2018
"Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani "Roma"ga ko'chib o'tishi mumkin.

Corrierre dello Sport xabariga ko'ra, rimliklar sport direktori Monchi chorshanba kuni futbolchi agenti bilan uchrashgan va transfer borasida suhbatlashgan.

Rugani "Yuventus"da o'yin amaliyoti kamligidan norozi va yozda jamoasini almashtirish niyatida.

Turinliklar futbolchi bilan xayrlashish niyatida emaslar va Ruganiga 2.5 million evro oylik maoshli, 2021 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi.

Bu mavsum 24 yoshli futbolchi rasmiy o'yinlarda bor yo'g'i uch bor maydonga tushdi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: dailystar.co.uk