“Yuventus” Diego Simeoneni Turinga olib kelmoqchi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2017, 23:40
“Yuventus” rahbariyasi “Atletiko” ustozi Diego Simeoneni Massimiliano Allegridan keyin jamoaga olib kelmoqchi.

Matbuotda Allegri joriy mavsum yakunlangach, “Yuventus”ni tark etib, “Arsenal”da Arsen Vengerning o'rnini egallashi mumkinligi haqidagi xabarlar yangray boshladi.

Uch hafta ilgari “Yuventus” vakillari Simeonening o'zi bilan Turinga kelishi mumkinligi haqidagi fikrlarini uchrashishgan.

Ma'lum bo'lishicha, argentinalik mutaxassis “Yuve”ning taklifini inkor qilmagan va shu bilan birga Turinga o'tish borasida qaror ham qabul qilmagan. Uning kelajagi borasidagi hali bir narsa deyish qiyin.

Ilgariroq Simeonening o'zi “Inter” yoki “Lacio”ni boshqarish niyati borligini ma'lum qilgandi. OAVda esa “Inter” rahbariyati, u “Atletiko”ni tark etadigan bo'lsa, murabbiyni Milanga taklif etishi mumkinligi haqidagi xabarlar chop etilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia