"Yuventus" Bonuchchining o'rniga himoyachi topdi

Tolibjon Qosimov
14 iyul 2017, 21:12
Turinliklar Leonardo Bonuchchiga o'rinbosar topishdi.

"Yuventus" klubi "Roma" himoyachisi Kostas Manolasni xarid qilmoqchi. "Tuttosport"ning guvohlik berishicha, u Bonuchchiga o'rinbosar bo'ladi. Eslatib o'tamiz, Bonuchchi "Milan"ga o'tib ketdi.

Oldinroq, "Roma" vakillari Kostas Manolas sotilmasligini e'lon qilgan edi. Lekin, "Yuventus" rimliklarni ko'ndirishga ishonmoqda.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Tuttosport