“Yuve” bosh direktori “Chelsi”ning taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
18 avg 2017, 00:57
“Yuventus” bosh direktori Beppe Marottaning tasdiqlashicha, klub “Chelsi”ning himoyachi Aleks Sandroning transferi bo'yicha qilgan taklifini rad etgan.

“U Turinda qolmoqchi ekanligini aytdi, shu sabab biz taklifni tezlik bilan qayerdan kelgan bo'lsa o'sha joyga qaytarib yubordik.

Biz jamoada o'ziga xos model yarata oldik. Kim o'zini jamoada baxtli his qilmasa, uni ushlab turmaymiz.  Hozir bunday holatlar yo'q. Ammo yana boshqa klublarni takliflariga javob berishimiz uchun 15 kun muddat bor.

Bizning “PSJ” bilan Matyuidining transferi borasida kelishuvimiz bor. Yaqinda bu narsa rasman ma'lum  qilinadi”, deydi Marotta.

Ilgari xabar berilganidek, ingliz klubi Sandroga uchun haftasiga 110 ming evrolik shartnoma taklif qilgandi. U hozirda “Yuventus”da haftasiga 93  ming ishlab topadi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia