Yuragi kasal Ronald Kuman koronavirusga chalindi

Mirjalol Normatov
14 iyun 2020, 11:59
Niderlandiya termasi bosh murabbiyi Ronald Kuman rafiqasi bilan birgalikda koronavirusga chalinishdi.

Bu haqda uning rafiqasi Bartina Kuman ma'lumot berdi.

"Bizning koronavirusga qarshi topshirgan testimiz ijobiy natija berdi. U o'zini biroz yaxshi his qilganida esa velosipedga o'tirib, do'stlari bilan ketdi. Kechroq qaytib kelib, o'zini yomon his qildi", - deb yozadi Bartina.

Eslatib o'tamiz, 3 may kuni Kuman yuragidagi muammolari sabab kasalxonaga yotqizilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal