“Yunayted” Moyes uchun "Everton"dan kechirim so'radi

Narzulla Saydullayev
2 avg 2013, 17:34
Angliya chempionlari bosh murabbiylikga David Moyesni tayinlashgani sababli “Everton” “Manchester Yunayted”dan kechirimni xat orqali oldi.
“Daily Mirror”ning tasdiqlashicha “Yunayted” Moyesni rasman tayinlashidan bir necha oy oldin ham kelishib qo'yganiga va buni o'tgan mavsum tugashiga uch xafta qolganida e'lon qilishganidan “Everton”dagilar norozi bo'lishgan.

Nashriyotning xabariga ko'ra “Everton” hatto Premer  ligaga ham shikoyat qilmoqchi bo'lgan. Lekin “Yunayted”ning kechirim so'rashi vaziyatni yumshatishga yordam berishi mumkin.

Shu bilan birgalikda "qizil iblislar" "iriskilar"ning chap qanot himoyachisi Leyton Beynsni olishni xohlashayotganligi ma'lum, biroq endi “Manchester Yunayted” jamoasidagilar o'yinchini katta pul evaziga olishlari mumkinligini tushunishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.uz