Ikkinchi nazorat bahsida ham jamoamizga Tailand yoshlar terma jamoasi raqiblik qilishi ko'zda tutilgan edi. Bazi sabablarga ko'ra yoshlarimiz bugun terma jamoaga emas , Bankokning "Glass" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Ushbu bahsda yoshlarimiz yirik 4:1 hisobida g'alabaga erishdi.
Uchrashuvda gollarga jamoamizdan Otabek Shukurov, Ravshan Xursandov, Zabihullo O'rinboev, Mirjamol Qosimovlar mualliflik qildi.
Takidlash lozim, yoshlarimiz birinchi nazorat uchrashuvida 2:0 hisobida Tailand yoshlarini mag'lub etgan edi. Ushbu uchrashuvda gollarni Otabek Shukurov va Dostonbek Hamdamovlar kiritgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 9-23 oktyabr kunlari Myanmada o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi OCH final bosqichida ishtirok etadi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
21 sentyabr, Bankok, Tailand.
"Glass" - O'zbekiston (U-19) - 1:4
Gollar: Otabek Shukurov, Ravshan Xursandov, Zabihullo O'rinboev, Mirjamol Qosimov