Yoshlar o'rtasidagi YCHL. PSJ – "Real" o'rtasidagi to'qnashuvda Simons gol urdi

Eldor Akmurzayev
19 sen 2019, 22:50
Yoshlar o'rtasidagi (U-19) Yevropa Chempionlar Ligasining yangi mavsumiga start berildi.

A kvartetidan o'rin olgan ilk tur bahsida PSJ – Real jamoalari o'zaro to'qnash keldi. Qirollik klubi tarbiyalanuvchilari asosiy jamoadan farqli ravishda parijliklarni mehmonda mag'lub (2:1) etishdi. 

Bahsda hisobni esa 43 daqiqada Xavi Simons ochdi. Real esa Xordi hamda Karlos Gonzalesning gollari evaziga ustunlikni o'z tomoniga og'dirdi. Aytish joizki, 16 yoshli Simons PSJning yoshlar tarkibida 4ta o'yin o'tkazib, 2+1 natijaga erishishga ulgurdi.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia