Yaqindagina qamoqdan chiqqan Mamaev Shomurodovning jamoadoshiga aylanadi

Alisher
27 sen 2019, 17:47
Yarim himoyachi Pavel Mamaev tez orada "Rostov"ga o'tadi.

Koloniyani tark etgan futbolchi rostovliklar bilan "2+1" ko'rinishidagi shartnoma imzolashga yaqin.

Muzokaralar hozirda yakunlovchi bosqichga kelgan. Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan ham o'tishi mumkin.

Oldinroq, Mamaev "Krasnodar" bilan shartnomasini bekor qilgan edi. 30 yoshli futbolchi "Dinamo" bilan ham muzokaralar olib borgan edi.

Mamaev faoliyati davomida "Krasnodar"dan tashqari "Torpedo" va SSKA klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com