Yaponiya kompaniyasi O'zbekiston Superligasiga titul homiy bo'lmoqchi

Tolibjon Qosimov
17 yanv 2018, 14:02
O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun federatsiya binosida Yaponiyaning CBC Group kompaniyasinig Xalqaro ishlar bo'yicha prezidenti Aran Olsner bilan uchrashuv o'tkazdi.

CBC Group kompaniyasi turli ichimlik va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'lib, butun dunyoda o'z filiallariga ega.


O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Aran Olsner bilan uchrashuv chog'ida  homiylik qilish, marketing va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi.  O'z o'rnida Aran Olsner CBC Group kompaniyasi formati o'zgargan va yangidan tashkil qilinayotgan O'zbekiston Superligasi uchrashuvlarida titul homiy bo'lishga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi.

Bu boradagi muzokaralar davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com