Yanvarda Obameyang beshta klubga taklif qilingan

Оқил Абдубарноев
21 mar 2022, 20:53
Hujumchi Per-Emerik Obameyang yanvar oyida "Barselona" uni sotib olishga qaror qilgunga qadar beshta klubga taklif qilingan.

Shuningdek, gabonlik futbolchiga Jaloliddin Masharipov to'p tepayotgan Saudiyaning "Al Nasr" klubidan taklif bor edi, biroq u Yevropaning top-klubidan taklif kutdi. Yakunda "Barselona" uni o'z safiga qo'shib oldi.

Obameyang yanvar oyidagi transfer oynasining so'nggi kunida "Barselona" bilan shartnoma imzoladi va Londonning "Arsenal" klubini erkin agent sifatida tark etdi. Ko'k-anorranglilar safida 11 ta o'yinda u 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. La Liganing 29-turidan o'rin olgan "El klasiko"da gabon forvard o'ziga xos natijani qayd etishdi - u "Real Madrid" darvozasiga ketma-ket beshinchi o'yinda olti va ettinchi golini urdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano