Xyuz: "Endi "Old Trafford"da g'alaba qozonish mumkinligini barcha biladi"

Tolibjon Qosimov
28 okt 2013, 12:49
"Stok Siti" ustozi Mark Xyuz "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan so'ng (2:3) o'z fikrlarini bildirdi.
"Men bu natijani qabul qilishim qiyin, sababi biz kamida bir ochko olish uchun barcha ishni qilgandik.

"Mankunianlar" o'zlariga o'zlari muammo tug'dirishdi, ularning hujumi kuchliliga qaramay biz g'olib bo'lamiz deb o'ylagandim.

Bu o'yindan keyin ham "Manchester Yunayted" g'alaba qozonish ruhiyatini yo'qotganini aytaman. Bizga qarshi o'yin buni yaqqol ko'rsatib berdi.

"Stok Siti" "Manchester Yunayted"ni safarda mag'lub etib bo'lmaydi deb hisoblardi, ammo o'yinda buning aksini ko'rsatib bera oldik".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru