Xrubesh: “Gamburg”da etarlicha bilimga ega bo'lmagan insonlar ko'p”

Tolibjon Qosimov
20 avg 2013, 20:48
“Gamburg” klubi sobiq hujumchisi Xorst Xrubesh, klub rahbariyatini qoraladi, deb xabar beradi nemis OAV.

Xrubeshning fikricha, klubda o'z kasbini to'liq bajara olmaydigan etarlicha bilimga ega bo'lmagan insonlar ko'p ekan.

“Gamburg” klubining butun boshli tizimi hech narsaga yaramaydi. U yerda omi insonlar juda ko'p, biroq shunday bo'lsada ular qandaydir funkciyalarni bajarib yuribtilar”, - deya ta'kidladi Xrubesh.

Eslatib o'tamiz, Torsten Fink shogirdlari “Shalke-04” bilan bo'lib o'tgan safardagi o'yinda durangni qayd etishgan. Biroq o'z uylarida ikkinchi tur doirasida “Xoffenxaym”ga qarshi kechgan o'yinda 1:5 hisobida mag'lubiyatga uchrashgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com