Xosep Gvardiola: Kroosning qolishini istaymiz

Aziz Tukhtamuradov
15 apr 2014
Bavariya bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Toni Kroosning jamoada qolishini istashini aytib o'tdi.

Men Toni qolishini istayman. Rummenigge va Zammer xam shuni istashadi.  Kroos – ajoyib o'yinchi. U barchasini o'zi xal qilishi mumkin. Lekin, biz uni qolishini istaymiz, – deb aytib o'tdi Gvardiola.


Avvalroq, Kroos jamoa bilan shartnomasini uzaytirmasligini va jamoadan kyetishini aytib o'tgan edi.

Bugun esa "MYU" futbolchiga haftasiga 260 ming funt taklif qilayotgani ma'lum bo'ldi.

Futbolchi uchun esa 48,5 million evro berishga tayyor.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru