Xorxe Luis Pinto: "Ravshan Ermatovga iltimosim bor"

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2014, 14:14
Kosta-Rika bosh murabbiyi Xorxe Luis Pinto hakam Ravshan Ermatovga murojaat qildi.
"FIFA va hakamlardan Robbenni diqqat bilan kuzatishlarini so'rab qolardim. Uning simulyaciyalari tashvishga solmoqda. U o'tgan o'yinda atayin yiqilganini tan oldi.

Hakamlarni hurmat qilaman, lekin ulardan juda e'tiborli bo'lishlarini iltimos qilaman, sababi bitta xato barchasini hal qilib qo'yishi mumkin.

Robbenni jahonning 4ta eng kuchli futbolchilardan biri deb bilaman".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru