Xitoyga yo'l olgan Oskar bir daqiqada qancha ishlab topadi?

Aziz Tukhtamuradov
23 dek 2016, 21:13
Bugun "Chelsi" futbolchisi Oskar Xitoyning "Shanxay SIPG" jamoasiga o'tishi ma'lum bo'ldi.


Braziliyalik yangi shartnomaga ko'ra Xitoyda haftasiga 400 ming funt maosh oladigan bo'ldi.

Albatta, birovning cho'ntagidagi pulni hisoblash yaxshi emas. Biroq, dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan birining hizmatlari uchun xitoyliklar qancha to'lashayotganiga qiziqib ko'ramiz. Demak Oskarning daromadi:

Bir yil ichida - 20 800 000 funt

Haftasiga - 400 000 funt

Kuniga - 57 142 funt

Soatiga - 2 380 funt

Daqiqasiga - 40 funt


Futbol haqida yangiliklar Telegramda - telegram.me/championatasia

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia