

"Hozir "Chelsi" Yevropa futboli yetakchilaridan ancha orqada. "Bavariya" va "Barselona"ga boqing - ular juda kuchli. PSJda nafaqat birinchi, xatto ikkinchi tarkib ham bemalol g'alaba qozonishi mumkin. PSJga qarshi o'yinda bizda bir qancha yosh futbolchilar bor edi. Ularni maydonga tushirishdan qo'rqmayman, ammo sovrinlar uchun kurashda tajribali futbolchilardan tashkil topgan zaxira kerak" - deydi Xiddink.



