Xavi: "Feliks "Barselona"ga 100% to'g'ri keladi"

Aslanov Jasurbek
3 sen 2023, 00:45
Xavi Joau Feliks "Barselona"ga foyda keltirishi mumkin deb hisoblaydi.

"U o'ngda, chapda, markazda o'ynashi mumkin, Feliks universal, to'pni deyarli yo'qotmaydi. "Barselona"da muvaffaqiyatga erishish uchun unda yaxshi ko'rsatkichlar bor.

Men "Atletiko" bilan solishtirmoqchi emasman, menda Feliksning avvalgi klubidagi holati bo'yicha hech qanday ma'lumot yo'q. Biz Joauga mehr ulashib, unga yordam beramiz. U bizga katta yordam berishiga ishonaman.

Feliks bizga 100% mos keladi. U doimo bizga yoqqan. Joau tezkor, gol ura oladi, hujumdagi istalgan poziciyaga moslashishi mumkin" - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca