Xavi: "Biz hech narsani istisno etmaymiz, ammo "Barselona"ning Ispaniya chempionatini yutishi qiyin"

Alisher
27 fev 2022, 14:25
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Kataloniya jamoasining Ispaniya chempionatini yutish imkoniyati haqida gapirdi.

"Ishlashda davom etish kerak. Qanday natija bo'lishidan qatiy nazar, jamoa borini berishi kerak. Bizga muxlislarning qo'llab-quvvatlashi kerak bo'ladi. Ammo, hammasiga real qarash kerak. Har bir o'yin - biz uchun final. Prezidentimiz ishtiyoqni saqlab qolayotganidan mamnunman. Biz hech narsani istisno etmaymiz, ammo "Barselona"ning Ispaniya chempionatini yutishi qiyin", - deydi Xavi.

"Barselona" La Ligada 26 turdan so'ng 42 ochko jamg'argan holda, jadvalda to'rtinchi o'rinda bormoqda, "Real" bilan o'rtadagi farq 18 ochko.

Kataloniya jamoasi Yevropa Ligasida 1/8 finalga qadar yetib bordi va ular bu bosqichda "Galatasaroy" bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo