Xavi: "Bavariya"ni yutsak, mo'jiza deb hisoblamayman"

Mirjalol Normatov
8 dek 2021, 23:30
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi YCHL doirasida "Bavariya"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Juda katta ishonch bilan uchrashuvga yetib keldik va uchrashuvning boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz. Biz dunyoning eng kuchli raqiblaridan biriga qarshi o'ynaymiz. "Bavariya" - ayni damda jahonning eng yaxshi jamoalaridan biri, undan tashqari, safarda o'ynaymiz. Bu holatni yanada qiyinlashtiradi. G'alabaga erishsak, davom etamiz. Demak, bu final.

Tarix bizning Myunxenda g'alaba qozonmaganimizni aytmoqda. "Bavariya"ga qarshi o'yinlar qiyin o'tgan. Tarix esa o'zgartirish uchun kerak.

Kurashishga tayyormiz deb o'ylayman, biroq bu "Bavariya" bilan bo'layotgani - eng yaxshi ssenariy emas. Umid qilamanki, "Bavariya"ga mag'lub bo'lsak, ruxan sinib qolmaymiz. "Bavariya" qiyin raqibligini bilamiz, ammo ularni mag'lub etishga urinib ko'ramiz.

Barchasi o'zimizga bog'liq. Shu sababli "Bavariya"ni mag'lub etsak, mo'jiza deb hisoblamayman. "Barsa" istalgan raqibni yutishi shart", - dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal