Xavi "Barselona" bilan shartnomasini uzaytiradi

Оқил Абдубарноев
30 mar 2023, 19:36
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi klub bilan shartnomasini uzaytiradi.

Kataloniyaliklar mutaxassisga yangi bitim tayyorlab qo'yishgan, ammo murabbiy ilk navbatda Ispaniya chempionatidagi g'oliblik haqida o'ylamoqda. 

Xavining "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Murabbiy 2021 yilning noyabridan beri klubda ishlaydi va 2023 yilning yanvarida jamoa bilan Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN