Xavi: “Barselona” “Benfika”dan revansh olishga qodir”

Eldor Akmurzayev
23 noya 2021
Chempionlar Ligasi 5-turi doirasida bugun tunda bo'lib o'tadigan “Barselona” – “Benfika” bahsi oldidan mezbonlar ustozi Xavi o'z fikrlarini aytdi.

Ilk davradagi o'yinda kataloniyaliklar yirik (0:3) hisobdagi mag'lubiyatni qabul qilib olishgandi.

“Barselona” Lissabondagi yirik mag'lubiyat uchun “Benfika”dan revansh olishga qodir. G'alaba bizni pley-offga yaqinlashtiradi, shu tufayli uch ochkoni qo'lga kiritish uchun hamma narsani qilishimiz lozim. Umid qilamanki, barcha futbolchilar o'yinga maksimal koncentratciya bilan yondashadi”, deydi Xavi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo