Xart oy oxirida "Byornli"ni tark etadi

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2020, 01:57
Klub tajribali darvozabon bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.

"Byornli" darvozaboni Jo Xart bir yarim haftadan keyin erkin agent maqomini oladi, klub u bilan shartnomani yangilamaydi.

Angliya terma jamoasining birinchi raqamli sobiq posboni raqobatda Nik Poupga yutqazdi va ushbu mavsumda bor-yo'g'i 3 o'yinda (1 ta Liga Kubogi, 2 ta Angliya Kubogi) qatnashdi.

Xart APLda oxirgi marta 2018 yili jamoa "Everton"ga 1:5 hisobida mag'lub bo'lgan uchrashuvda maydonga tushgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Talksport