Xabi Alonso: "Mening ketishimga Kroos aybdor emas"

Aziz Tukhtamuradov
29 avg 2014, 21:05
Xabi Alonso "Bavariya"ga o'tganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Bugun futbolchi Myunxen klubi bilan 2 yillik shartnoma tuzdi.

"Mening ketishim Kroosning Madridga borgani bilan bog'liq emas. Ikkalamiz asosiy tarkibda tushishimiz mumkin edi. Klub meni qo'yib yubormoqchi emasdi, bu mening qarorim.

"Real" safida YCHLni yutdim, shundan so'ng yangi chorlovlar qidirdim. "Bavariya" eng yaxshi variant bo'lib chiqdi. Jamoa o'zi ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda g'alaba uchun o'ynaydi", - deydi Alonso FIFA rasmiy saytiga.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net