Vitaliy Denisov Germaniyada operaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2017, 20:33
O'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov belidagi muammolar tufayli Germaniyada operaciya stoliga yotdi.

Klub shifokori Nikita Karlickiyning aytishicha operaciya yaxshi o'tdi va Vitaliy tiklanish jarayonini boshlab yubordi!

– O'zimni yaxshi his qilayapman, ammo belimdagi og'riq hamon bor, – deydi Denisov. – Operaciya 3,5 soat davom etdi va barchasi yaxshi o'tdi. Doktorning aytishicha 2 haftadan so'ng zal va basseynda mashg'ulotlarni boshlashim mumkin ekan. Oldingidan ko'ra kuchliroq bo'lib qaytaman!

Vitaliyni imkon qadar tezroq maydonda ko'rishga umid qilamiz!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fclm.ru