Viktor Valdes 2 iyul kuni "Monako”da tibbiy tekshiruvdan o'tadi

Tolibjon Qosimov
1 iyul 2014, 17:32
“Barselona”ning sobiq darvozaboni Viktor Valdes 2 iyul kuni “Monako”da tibbiy tekshiruvdan o'tadi.
Valdesning kataloniya klubi bilan shartnomasi 30 iyun kuni o'z nihoyasiga etdi va hozirda futbolchi erkin agent maqomiga ega.

Eslatib o'tamiz, Valdes “Barselona”dagi so'nggi mavsumida tizzasidan og'ir jarohat olgan va Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatida ishtirok eta olmadi. Kataloniyaliklar Valdes o'rniga chililik Klaudio Bravo va nemis Mark-Andre ter Shtegenlarni sotib olishdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com