Viktor Jalilov: "Oxirgi daqiqalargacha keskin kurash kechdi"

Sherzod Nurmatov
2 apr 2021, 21:25
Superliganing to'rtinchi turidan o'rin olgan AGMK – "Navbahor" (2:1) o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- O'yin har ikki jamoa uchun qiyin o'tdi. Oxirgi daqiqalargacha keskin kurash kechdi. Gol urishimiz mumkin edi, biroq omad kelmadi. Shu kabi mag'lubiyatlar ham uchrab turadi.

- Jamoangiz aynan qaysi jihati bilan raqibga yutqazdi?

- Ko'p jihat bo'yicha mag'lub bo'ldi. Yakkakurashlarda imkonni boy berdik. O'ylashimcha, teng o'yin bo'ldi, biroq yutqazdikmi, demak, ko'plab vaziyatlarda mag'lubiyatga uchradik.

- "Navbahor" o'yinchilari ayrim vaziyatlarda tartibsiz harakatlanishdi. Bunga qanday izoh berasiz?

- O'ylaymanki, sezilarli darajadagi tartibsizlikka yo'l qo'yilmadi. Tezroq mag'lubiyatdan qutulib qolish yo'lida harakat qilishdi. Qaysidir jihatdan fojiali tarzda mag'lub bo'lganimizni ko'rmadim. 

- Solovyov bugun nega o'ynamadi?

- Solovyovda kichik jarohat bor, shu bois uni maydonga tushirib, tavakkal qilishni xohlamadik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia