"Vest Xem" Songni sotib olmaydigan bo'ldi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2015, 13:36
"Vest Xem" yarim himoyachisi Aleksandr Songni to'liq sotib olmaslikka qaror qildi.
Bu mavsum "bolg'aurarlar" Songni "Barselona"dan ijaraga olishgan. Aleks Sem Ellardays jamoasida yetakchiga aylandi va jamoa evrokuboklarga da'vogarlik qilayotgandi.

Biroq ikkinchi davrada 27 yoshli kamerunlik futbolchi o'zini ko'rsata olmayapti, "Vest Xem" ham 9-o'ringa tushib ketdi. So'nggi o'yinlarda "Kristal Pelas" va "Vest Bromvich"ga qarshi umumiy hisobda 1:7 yutqazdi.

Songning maoshi haftasiga 80 ming funtni tashkil etadi, shu bois "Vest Xem" mavsum tugagach uni "Barselona"ga qaytarmoqchi. Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, "bolg'aurarlar" "Arsenal"ning sobiq futbolchisi bilan shartnoma tuzishga urinishmaydi ham.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru